Qidiruv filtrlari, anonim administratorlar, kanal fikrlari va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Qidiruv filtrlari, anonim administratorlar, kanal fikrlari va boshqalarni taqdim etamiz

Bugungi yangilanishda yozishmalarda tezkor qidirish uchun qidiruv filtri, shuningdek, guruhni anonim boshqarish imkoniyati, kanallardagi postlarga fikr bildirish va boshqa koʻplab funksiyalar qoʻshildi.

Qidiruv filtrlari

Endi yangi varaqlar yordamida qidiruv natijalarini turi asosida qidirishingiz mumkin: Multimedia, Havolalar, Fayllar va boshqalar. Foydalanuvchi, guruh, kanal yoki bot nomi yozilganida manba asosida filtr qoʻshiladi.

Bu qidiruv filtrlarini birlashtirish mumkin – masalan, 2016-yil, martda yuborilgan, “qayiq” soʻzi mavjud boʻlgan xabarni qidirish.

Anonim guruh administratorlari

Telegram ilovasidan demokratiya va ozodlik uchun namoyishlarni tashkillashtirishda keng foydalanilmoqda. Bugun biz xavfsizroq namoyishlar uchun yana bir vositani taqdim etmoqdamiz.

Administrator huquqlarida Anonimlik bandini yoqing va ushbu administrator aʼzolar roʻyxatidan berkitiladi. Uning chatdagi xabarlari kanallardagiga oʻxshab guruh nomidan post qilinadi.

Guruhda anonim administrator nomidan post qoldirish

Kanal fikrlari

Aytgancha, kanallar haqida: biz muhokama guruhiga ega kanallardagi postlarga fikr bildirish tugmasini qoʻshdik. Har bir post uchun fikrlar oʻz boʻlimida chiqariladi, lekin administratorga tartibni kuzatish oson boʻlishi uchun barcha fikrlar kanalga biriktirilgan guruhga ham oʻtkaziladi.

Agar siz kanalning muhokama guruhi aʼzosi boʻlmasangiz, Javoblar deb nomlangan yangi chat orqali xabardor qilinasiz.

Faqat cheklangan vaqtda siz bu funksiyani ushbu kanalda sinashingiz mumkin.

Agar oʻz kanalingizda muhokamalarni yoqishni xohlasangiz, Kanal sozlamalari > Muhokama rukniga kiring.

Android uchun boshqa yangilanishlar

Android ilovasida yangi ravon animatsiyalar paydo boʻldi. Ular klaviaturani berkitganingizda yoki kengaytirganingizda, shuningdek, chapdagi menyu orqali kun va tun mavzularini almashtirganingizda chiqadi. Bundan tashqari, animatsiyali qalqib chiquvchi oynalar qoʻshildi – masalan, xabarlarni oʻchirishda, chatlar uchun bildirishnomalar sozlamalarini oʻzgartirishda yoki multimediani saqlashda.

Guruh chatlarida aʼzoning profil rasmini bosib turish orqali uning kattalashtirilgan rasmini koʻrish mumkin. Bir ilovada bir nechta hisobdan foydalanadiganlar endi hisob almashtirgichini bosib turish orqali boshqa hisoblaridagi chatlar roʻyxatiga nazar solishi mumkin.

Yangi animatsiyali emojilar

Biz animatsiyali emojilar qatorini boyitishda davom etmoqdamiz. Animatsiyali versiyasini koʻrish uchun istalgan chatga alohida xabarda quyidagi emojilardan 👇 birini yuboring.


Buguncha shular, fikrlaringizdan xursand boʻlamiz.


2020-yil, 30-sentabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

라이브 스토리, 반복 메시지, 선물 경매 등

오늘 업데이트에서는 텔레그램 스토리에서 라이브 채팅과 함께 스트림을 시작할 수 있습니다. 또한 반복 예약 메시지, 공정한 배분을 보장하는 새로운 선물 경매 시스템 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
19-noy, 2025

그룹 통화의 댓글, 연락처 메모, 추천 생일 등

오늘 업데이트에서는 그룹 통화 및 영상 대화에서 실시간 댓글 및 반응, 연락처를 위한 노트, 추천 생일, 프로필 색상을 맞춤 설정하는 새로운 방법, 그리고 AI 봇을 위한 스레드 대화 및 응답 스트리밍, 선물 기능 개선, iOS용 리퀴드 글라스 등 다양한 기능이 추가됩니다.
10-okt, 2025

프로필 음악, 새로운 프로필, 선물 테마 등

오늘 업데이트에서는 프로필에 음악을 추가하고, 기본 프로필 탭을 선택하며, 수집한 선물에 따라 독특한 채팅 테마를 설정하고, 친구들이 선물을 업그레이드하도록 도울 수 있습니다 — 그리고 더 많은 기능이 추가되었습니다.
31-avg, 2025

공개 게시글 검색, 스토리 앨범, 선물 컬렉션 등

오늘 업데이트에서는 텔레그램에서 공개 게시글에 대한 글로벌 검색 기능, 스토리를 앨범으로 정렬하고 선물을 컬렉션으로 정리, 새로운 스타일리시한 미니 앱을 통한 봇 관리 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2025