AI xulosalari, yangi dizayn va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
AI xulosalari, yangi dizayn va boshqalar

Telegramning 2026-yildagi ilk yangilanishi iOS uchun ilovada yanada koʻproq Liquid Glass interfeyslarini hamda kanaldagi postlar va Tezkor koʻrish sahifalari uchun maxfiylikni oshirish va foydalanuvchilar maʼlumotlarini himoya qilish uchun yaratilgan AI xulosalarini taqdim etadi.

AI xulosalari

Kanallardagi uzun postlar endi soʻnggi yangiliklarni tez koʻzdan kechirish va unumdorlikni saqlash uchun darhol xulosalanadi. Tezkor koʻrish sahifalarining yuqori qismida avtomatik AI xulosasi paydo boʻladi.

Yangi AI xulosalari uchun maxfiylikni maksimal darajada taʼminlash uchun yaratilgan markazlashmagan tarmoqCocoon bazasida ishlaydigan ochiq manbali modellardan foydalaniladi. Cocoonʼda har bir soʻrov xavfsiz tarzda shifrlanadi va foydalanuvchi maʼlumotlarini himoya qiladi.

Cocoon istalgan AI ilovasiga integratsiya qilinishi mumkin — batafsil dasturchilar hujjatida tanishing.

Yangi dizayn

Endi iOS uchun Telegram butun ilova boʻylab shaffof elementlar va chiroyli sinish effektlari bilan toʻliq Liquid Glass texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Sozlamalar > Quvvat tejash ruknida interfeys effektlarini boshqarish orqali unumdorlikni oshirishingiz va batareya quvvatini tejashingiz mumkin.

Yangi yilingiz bilan!

2025-yilda Telegram yil davomida 13 ta yirik yangilanishni (Apple tekshiruvchilari qishki taʼtillarni bunchalik jiddiy qabul qilmaganida, bu 14-yangilanish boʻlardi) chiqardi va ularda 75 dan ortiq yangi funksiyalar taqdim etildi.
Oʻrtacha olganda, yangilanishlar har 26 kunda bir marta chiqarildi, lekin yangilanishlar orasini atigi 8 kun ajratib turgan holat ham kuzatildi, masalan, ilovada xavfsiz guruhli chaqiruvlar va hadyalar marketpleysi paydo bo‘lganda.

Sizga innovatsiya, ilhom va erishganingizda faxrlanadigan maqsadlarga boy ajoyib Yangi yil tilaymiz.


2026-yil 3-yanvar
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026