Chat mavzulari, interaktiv emojilar, guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari va jonli efirni yozib olish

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Chat mavzulari, guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari, jonli efirni yozib olish va interaktiv emojilar bilan tanishing

Bugungi yangilanish sizga alohida chatlar uchun turli mavzularni tanlash, toʻliq ekran effektiga ega interaktiv emojilar yordamida yaqinlaringizga hissiyotlarni ulashish, kichik guruhlarda oʻqilganlik hisobotlarini koʻrish va jonli efirlardan video va audio yozib olish imkonini beradi.

Chat mavzulari

Telegram chatlaringizni tartiblash va koʻrinishini moslash uchun chat jildlaridan tortib animatsiyali fonlargacha oʻnlab funksiyalarga ega. Bugungi yangilanish istalgan shaxsiy chatda mavzu tanlash imkonini beradi – chatlarni rang asosida tizimlashtirish yoki shunchaki oʻz didingizga moslab bezashingiz mumkin.

Dizaynerlarimiz muayyan chatlarga tatbiq etishingiz mumkin boʻlgan 8 ta yangi mavzu yaratdi. Yangi mavzularning har biri gradiyent xabar pufaklari, chiroyli animatsiyali fonlar va unikal fon naqshlariga ega.

Tanlangan mavzu chatning har ikkala ishtirokchisida va barcha qurilmalarda bir xil koʻrinadi. Sizda qaysi chat ochiqligini tezda aniqlash uchun ish va oilaviy chatlar uchun turli ranglarni berish mumkin.

Chatingizga mavzu tanlash uchun Android qurilmasida chat yuqori panelini bosib, ⋮ > Ranglarni oʻzgartirish rukniga kiring. iOS qurilmasida chat yuqori panelini bosib, ⋯ > Ranglarni oʻzgartirish rukniga kiring. Chatdagi suhbatdoshingiz Telegramning oxirgi versiyasidan foydalanayotgan boʻlsagina mavzuni koʻradi.

Har bir rangli mavzu uchun kunduzgi va tungi versiyalar mavjud. Ular tungi versiyaga oddiy usulda almashtirganda ham, kechasi mavzu avtomatik almashganida ham butun ilova uchun tungi rejim sozlamalaringizga muvofiq almashadi.

Ilk 8 ta mavzu hali boshlanishi – dizaynerlarimiz allaqachon yana boshqalarini qoʻshish ustida ishlamoqda.

Interaktiv emojilar

Biz har bir yangilanishda animatsiyali emojilar qatorini toʻldirib bormoqdamiz, lekin bugungi yangilanish oʻzgacha. Istalgan shaxsiy chatda bitta 🎆 🎉 🎈 👍 💩 yoki ❤️ emojisini yuboring, keyin butun ekran effektini ishga tushirish uchun animatsiyali emojini bosing.

Agar suhbatdoshingizda siz bilan chat ochiq boʻlsa, u emojini bosgan lahzangizda effektlarni koʻradi. Telefon tebranishi ham har ikkala tomon uchun ishlaydi.

Chatdagi suhbatdoshingiz Telegramning oxirgi versiyasidan foydalanayotgan boʻlsagina effektlarni koʻradi.

Bu blogni oʻqiyotganingizda rassomlar boshqa animatsiyali emojilar uchun butun ekran effektlarini ishlashga shoʻngʻib ketishdi.

Kichik guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari

Chat mavzulari va interaktiv emojilar ayni paytda faqat shaxsiy chatlarda ishlaydi. Lekin ushbu yangilanishda guruhlar uchun katta oʻzgarish ham oʻrin olgan.

Guruhdagi xabarlar ularni kamida bitta ishtirokchi oʻqiganida “Oʻqilgan” (✓✓) belgisini oladi. Endi kichik guruhlarda qoʻshimcha axborot olish imkoni paydo boʻldi – siz yuborgan xabarni qaysi ishtirokchilar oʻqiganini koʻrish mumkin.

Foydalanuvchilar maxfiyligini himoyalash uchun guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari xabar yuborilganidan keyin faqat 7 kun saqlanadi. Telegram nimalarni oʻqiyotganingiz haqidagi axborotni saqlamaydi.

Jonli efir va videolarni yozib olish

Telegram guruh chatlari millionlab odamlar tomonidan foydalanilmoqda – avvalgi yangilanishdan boshlab ularda cheklanmagan sondagi tomoshabinlar bilan videochatlarni oʻtkazish mumkin boʻldi. Endi jonli efir yoki videochat adminlari barcha xohlovchilar yorqin lahzalarni qayta tomosha qilishi yoki real vaqt rejimida oʻtkazib yuborgan hodisani tomosha qilishi uchun nafaqat ovoz, balki videoni ham yozib olishi mumkin.

Adminlar jonli efir yoki videochat menyusidan Video va audio yoki Faqat audio variantlari bilan yozib olishni boshlashi mumkin. Video yozib olish uchun yakuniy video fayli Vertikal yoki Gorizontal ekran holatini tanlang. Yozib olishni yakunlaganingizdan yoki jonli efirni tugatganingizdan keyin fayl Saqlangan xabarlaringizga darhol yuklanadi.

Translatsiya menyusini ochish uchun ⋮ yoki ⋯ belgisini bosing va yozib olishni boshlang. Yozib olinayotganida translatsiya nomi yonida qizil nuqta paydo boʻladi.

Buguncha shular. Biz keyingi yangilanish ustida ishlashga qaytamiz. Tez orada koʻrishguncha!


2021-yil, 19-sentabr
Telegram jamoasi