Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Bugundan boshlab har bir chatda bir nechta xabarni qadash, tanishlaringiz jonli joylashuv ulashayotgan boʻlsa, ular yaqinlashganida bildirishnoma olish, musiqalarni pleylistlar sifatida yuborish va boshqa yangiliklarni sinashingiz mumkin.
Endi har bir chatda bir nechta qadalgan xabar ishlaydi. Ular orasida almashtirish uchun shunchaki yuqori panelni bir necha marta bosing yoki barchasini alohida sahifada koʻrmoqchi boʻlsangiz, yangi tugmadan foydalaning.
Kanal va guruhlarga qoʻshimcha ravishda qadalgan xabarlar endi shaxsiy yozishmalarda ham ishlaydi – masalan, xaridlar roʻyxati yoki doʻstona garovlarni yodda tutish uchun qadash mumkin.
Tanishlar jonli joylashuvini ulashganida, ular yaqinlashgan paytda sizni xabardor qiluvchi bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, jonli joylashuvdagi beglilar endi foydalanuvchilar qaysi tomonga qarab yurayotganini koʻrsatadi. Bu bilan burilishni oʻtkazib yuborgan tanishingizga vaqtida yordam berishingiz mumkin.
Bir vaqtda bir nechta tarona yuborganingizda, ular pleylistda birgalikda tartiblanadi – ijro etish, uzatish yoki fikr bildirish osonroq. Taronalardan birini ochsangiz, hammasi Telegram ichki media pleyerida ketma-ket ijro etiladi.
Bir nechta fayl birgalikda yuborilganida ham, ular bitta qulay chat pufakchasida aks ettiriladi. Tabiiyki, siz uni har doim qismlarga ajratishingiz va toʻplamdan faqat bittasini yoki bir nechtasini tanlashingiz mumkin.
Fikrlar kanallarda obunachilar faolligini oshirdi va endi administratorlarda auditoriya munosabatini kuzatish uchun yana bitta vosita mavjud. Umumiy statistikaga qoʻshimcha ravishda ular har bir alohida post uchun statistikani ham koʻrishi mumkin – jumladan, post uzatilgan ommaviy kanallar roʻyxati.
Android uchun ilova dasturchilarimiz xabarlar yuborish va musiqa pleyerida taronalarni almashtirishda yangi animatsiyalarni qoʻshishdi.
Android foydalanuvchilari uchun yana bitta yangilik: endi yuklangan rasmlarni tahrirlash va qayta yuborish mumkin. Shunchaki ochilgan rasmda moʻyqalam tugmasini bosing – masalan, unga kerakli qismni tez joylash yoki yuzlarga bosh suyagi stikerlarini qoʻshish uchun.
Monako asta-sekinlik bilan sayyohlar uchun ochilmoqda, lekin omadingizni sinab koʻrishning boshqa yoʻli ham bor: istalgan chatga emojisini yuboring va uchta yettini yigʻishga harakat qilib koʻring.
Agar oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, bu , , va emojilari uchun ham ishlaydi.
Hellouin munosabati bilan biz barcha qoʻrqinchli emojilarga animatsiya qoʻshdik. Chatda ulardan birini olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring. Chatlarda animatsiyali emojilarni koʻrishda syurpriz olish uchun va emojilari ustiga bosib koʻring.
Bu funksiyalarga ega yangi versiyani allaqachon Android foydalanuvchilari Google Play yoki APK orqali yuklab olishi mumkin. iOS foydalanuvchilari, Apple uni koʻrib chiqishni yakunlaganida yoki Android tizimiga almashtirishga qaror qilish orqali yangilanishni oʻrnatishi mumkin.
Yangilandi: (31-oktabr) Endi yangilanish iOS foydalanuvchilari uchun ham mavjud.
Buguncha shular, keyingi yangilanishlarni kuzatib boring!
2020-yil, 30-oktabr
Telegram jamoasi