Ovozli chatlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Ovozli chatlar va boshqalar

Biz 2013-yildan buyon guruh chatlari imkoniyatlarini kengaytirib kelmoqdamiz. Mazkur yetti yil davomida javoblar, smart bildirishnomalar ega eslatishlar, takomillashgan soʻrovnomalar, administrator vositalari, guruh statistikasi kabi funksiyalarni joriy qildik, shuningdek, ishtirokchilarning maksimal sonini yuz minglabga oshirdik. Bu funksiyalarning aksariyati keyinchalik boshqa ilovalar yaratuvchilarini ilhomlantirdi va odamlarning tarmoqda qanday muloqot qilish usullarini butunlay oʻzgartirdi.

Guruhlar evolyutsiyasi devom etadi. Bugun Telegramning 2020-yildagi oʻn ikkinchi yangilanishida ovozli chatlar – ishtirokchilar istalgan paytda ulanishi mumkin boʻlgan yangi turdagi audiokonferensiyalarni taqdim etamiz.

2021-yil, mart: Ovozli chatlar 2.0: kanallar, millionlab tinglovchilar, yozib olingan chatlar, administratorlar uchun vositalar

Ovozli chatlar

Endi istalgan guruhda oddiy yozishma bilan parallel ravishda ovozli chatni ishga tushirish mumkin. Matn va ovoz bir-birini bitta muhitda uzviy tarzda toʻldiradi.

Oddiy chaqiruvlardan farqli ravishda ishtirokchilar vaqtni oldindan kelishishlari shart emas: ovozli chat ular uchun har doim ochiq. U xabarlar tarixida iz qoldirmaydigan norasmiy suhbatlar uchun virtual ofis yoki maydoncha sifatida xizmat qilishi mumkin. Yirik hamjamiyatlar ovozli chatlarida kutilmagan insonlar bilan tanishish mumkin.

Guruhda ovozli chatda ishtirokchilardan qaysi biri hozir gapirayotgani darhol bilinadi. Agar odamlar qiziq boʻlsa, xuddi qoʻshni xonadagi hamkasblar suhbatini tinglaganday, ularga qoʻshilish mumkin.

Ovozli chatga qoʻshilgach, ilova ichida bemalol harakatlanishingiz, suhbatlarni koʻrishingiz va xabarlar yuborishingiz mumkin. Siz chatga ulangan holatda boʻlasiz hamda mikrofon boshqaruv tugmalari ekranda qoladi, shu bois oʻzingizni istalgan paytda darhol sukut qilish yoki sukutdan chiqarishingiz mumkin.

Android foydalanuvchilari uchun ovozli chatlarning qoʻshimcha afzalligi mavjud – boshqa oynalardan yuqorida boʻlish rejimi. Bu rejimda hatto ilova fon rejimidaligida ham mikrofonni yoqish va chatda suhbatlashayotganlarni koʻrish mumkin.

Siz onlaynda boʻlgan istalgan kishi bilan suhbatlashishingiz yoki qulay menyu orqali yana boshqa odamlarni taklif qilishingiz mumkin. Ovozli chatlar bir necha minglab foydalanuvchilarni oʻzida jamlay oladi. Yaʼni ular oila aʼzolarining oʻzaro maslahatidan tortib ulkan jonli tadbirgacha – barcha holatlar uchun mos keladi.

Barcha harakatlar chiroyli animatsiyalar bilan bajariladi, buning uchun dizaynerimiz ancha ter toʻkishiga toʻgʻri keldi.

Ovozli chat yaratish uchun guruh profilini oching, (⋯) yoki (⋮) belgisini bosing va Ovozli chatni boshlash bandini tanlang.

Umid qilamizki, ovozli chatlar xuddi Telegram guruhlari kabi odamlarning oʻzaro hamkorlik va muloqot qilish usulini oʻzgartiradi. Kelgusi haftalarda biz ularni yanada yaxshilaymiz, fikr-mulohazalaringizni tinglaymiz, shovqinni kamaytirish imkoniyatini yaxshilaymiz hamda video va ekran namoyishi kabi yana boshqa funksiyalarni qoʻshamiz.

Tezkor tugmalar

Kompyuter uchun ilova va macOS uchun alohida ilovada boshqa ilovalardan foydalanayotganingizda ham Telegramda mikrofoningizni boshqarish uchun tezkor tugma tanlashingiz mumkin.

Stikerlar siluetlari

Telegramdagi animatsiyali stikerlar yengil va jonli: ular 50 KB dan kamroq joyni oladi va soniyasiga 180 kadr tezlikdagi ravon animatsiyalardan foydalanadi.

Bugungi yangilanishda biz stikerlar yuklanishini yanada tezlashtirdik. Bundan tashqari, endi yuklash paytida tovlanuvchi siluetlar koʻrinadi.

Android: Maʼlumotlarni SD kartada saqlash

Android foydalanuvchilari endi Telegram ilovasi maʼlumotlarini ichki xotiradan SD kartalariga koʻchirishi mumkin. Bu mobil qurilma xotirasi kichik boʻlgan foydalanuvchilarga koʻproq multimedia va fayllarni saqlash va Telegramdan yanada qulay foydalanish imkonini beradi.

Xotiradan foydalanish sozlamalari

Boshqa ilovalardan farqli ravishda, Telegram telefoningizda xotira joyini tejash imkonini beradi: ilova keshini istalgan paytda tozalash mumkin (Sozlamalar > Maʼlumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish) rukniga kiring. Fayllar yana kerak boʻlganda, ular avtomatik ravishda bulutdagi xotiradan yuklab olinadi.

Androidda yangi animatsiyalar

Android ilovasiga yangi ravon animatsiyalar qoʻshildi. Ular Yangi xabar tugmasini bosganingizda, profillarni ochganingizda va chat jildlarini boshqarganingizda istalgan xabarlar hisoblagichlarida ishlaydi.

Tahrirlashning yangi imkoniyatlari

Android foydalanuvchilari endi oʻzlari yuborgan rasmlarni kuchli multimedia muharriri yordamida effektlar, chizmalar yoki stikerlar qoʻshish uchun tezda tahrirlashi mumkin. iOS foydalanuvchilari oʻzlari olgan rasmni tezda tahrirlash va qayta yuborish uchun qalam tugmasini bosishi mumkin.

Bu funksiyalarning har biri avval faqat platformalardan birida mavjud edi, lekin endi iOS va Android selfilarga moʻylov chizish uchun bir xil imkoniyatlar taklif qiladi.

iOS va Androidda tahrirlashning yangi imkoniyatlari

Xabar yoki izohni tahrirlashda maksimal uzunlikka yaqinlashganingizda sizda qancha belgi qolganligini koʻrsatuvchi hisoblagich chiqadi.

Yangi animatsiyali emojilar

Biz har bir yangilanishda animatsiyali emojilarni qoʻshishda davom etmoqdamiz. Odatdagidek, ulardan 👇 birini chatda olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring.

Yangi funksiyalarni taklif qilish platformasi

Aksariyat Telegram funksiyalari foydalanuvchilar gʻoya va takliflarini inobatga olgan holda kiritilgan. Biz ehtimoliy yangi funksiyalarni aniqlash va ilovadagi xatolarni topishda yordam berishi uchun ommaviy xato va takliflar uchun platformani ishga tushirmoqdamiz.

Unutmang, platforma ayni vaqtda faqat bitta til – ingliz tilida ishlaydi. Bu butun dunyodan foydalanuvchilarimiz barcha tillarda oʻnlab bir xil takliflarni yaratmasliklari uchun zarur.

Platforma har bir murojaatga yetarli eʼtibor qarata olishimiz uchun bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Barcha Telegram foydalanuvchilari yuborilgan murojaatlar roʻyxatini koʻrishi va ularga ovoz berishi mumkin.

Buguncha shular. Biz siz bilan 2021-yilda yoki keyingi katta yangilanish ustida ishlashni yakunlaganimizda (qaysi birinchi kelganida) koʻrishamiz.


2020-yil, 23-dekabr
Telegram jamoasi


P.S. Yilning oxirida odatda oʻtgan 12 oy sarhisob qilinadi. Buning oʻrniga, asoschimiz Pavel Durov sizga kelgusi oʻnlab yillar ajoyib funksiyalarni taqdim etishda davom etish uchun hozirgina oʻzining Telegramni rivojlantirish strategiyasini eʼlon qildi.

Boshqa yangiliklar

برامج الشركاء، البحث عن الملصقات المدعوم بالذكاء الاصطناعي، الكولّاجات، والمزيد

اليوم، نحن نقدم أخبارًا مثيرة لمبدعي المحتوى ومطوري التطبيقات المصغرة على تيليجرام. أصبح لدى المبدعين الآن طريقة بسيطة لتحقيق الدخل من…
4-dek, 2024

التطبيقات المصغرة 2.0: وضع ملء الشاشة، أيقونات الشاشة الرئيسية، تحديد الموقع الجغرافي و١٠ ميزات أخرى

نطلق اليوم أكبر تحديث في تاريخ التطبيقات المصغرة، حيث قمنا بإضافة دعم لـ وضع ملىء الشاشة،…
17-noy, 2024

مقاطع الفيديو المحسنة والمزيد الكثير

يضيف تحديث اليوم تحميلًا أسرع وجودة أفضل وأدوات تحكم جديدة في السرعة لمقاطع الفيديو، وطوابع زمنية لآخر تعديل، وإرفاق الوسائط بالرسائل المرسلة، وحدود أعلى للتطبيقات الصغيرة، وخيارات…
31-okt, 2024

الهدايا، منصة التحقق والمزيد

يمكن لمستخدمي تيليجرام الآن إرسال الهدايا إلى أصدقائهم، ويمكن لمستلمي الهدايا عرضها على صفحات ملفاتهم الشخصية أو تحويلها إلى نجوم. يمكن استخدام نجوم تيليجرام بطرقٍ متعددة، بما في ذلك…
5-okt, 2024