Reaksiyalar, yashirin matn, tarjima va QR kodlar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Reaksiyalar, yashirin matn, tarjima va QR kodlar

Telegramning ushbu yildagi 12-yangilanishida reaksiyalar, xabarlarni tarjima qilish, mavzulashtirilgan QR kodlar, yashirin matn va boshqalar taqdim etiladi.

Reaksiyalar

Telegram animatsiyali va interaktiv emojilarni qoʻshgan birinchi ilova boʻldi. Bu foydalanuvchilarga chatlarda oʻzlarini ifoda etishning tengsiz usullarini taqdim etdi. Endi ayrim emojilardan hech qanday xabar yubormasdan fikrni tez ifodalash uchun reaksiyalar sifatida foydalanish mumkin.

Tezkor 👍 reaksiyasini yuborish uchun xabarni ikki marta bosing. 😁 🎉 😱 🔥 👎 kabi yana boshqa reaksiyalar uchun xabarni bir marta bosing (iOS uchun bosib turing). Har bir reaksiya oʻzining unikal animatsiyasi bilan birga aks etadi.

Birlamchi reaksiyangizni boshqa emojiga almashtirishingiz mumkin. Android: Chat sozlamalari > Tezkor reaksiyalar. iOS: Stikerlar va emoji > Tezkor reaksiyalar.

Reaksiyalar shaxsiy chatlarda har doim yoqilgan boʻladi. Guruh va kanallarda adminlar reaksiyalarni yoqish yoki yoqmaslikni va chatda qaysi reaksiya emojisi chiqishini qaror qiladi. Masalan, faqat “Yoqdi” belgisini ❤️ yoqish yoki tarafdorlar 👍 va qarshilar 👎 ovozlarini yigʻish mumkin.

Guruh va kanallar adminlari reaksiyalarni chat profilida yoqishi mumkin: Tahrirlash > Reaksiyalar. Yana boshqa fikr-mulohaza variantlari uchun kanal fikrlari va moslashuvchan sozlamalarga ega soʻrovnomalarni sinab koʻring.

Yashirin matnlar

Kino yangiliklarini muddatidan oldin oshkor etilishidan xavfsiramasdan muhokama qilish uchun yozilgan xabarning bir qismini tanlashingiz va “Yashirin” formatlashni tatbiq qilishingiz mumkin. Bunda matnning tanlangan qismi chatda, shuningdek, chatlar roʻyxati va bildirishnomalarda berkitiladi.

Yashirin matnni koʻrish uchun shunchaki uning ustiga bosing.

Xabarlarni tarjima qilish

Butun dunyo boʻylab yarim milliarddan ortiq inson Telegramdan nafaqat tanishlari bilan muloqot qilish uchun, balki ommaviy guruhlarda suhbatlashish va turli tillardagi kanallardan yangiliklarni olish uchun ham foydalanadi. Endi ilova ichida istalgan xabarni boshqa tilga tarjima qilishingiz mumkin.

Sozlamalar > Tillar ruknida Tarjima funksiyasi yoqilsa, xabar tanlaganda amallar menyusida mos Tarjima tugmasi qoʻshiladi. Siz yaxshi biladigan istalgan tilni istisno qilishingiz ham mumkin. Bunda ushbu xabarlar uchun tarjima qilish tugmasi berkitiladi.

Tarjima funksiyasidan Telegram ishlaydigan barcha Android qurilmalarida foydalanish mumkin, lekin Apple qurilmalari uchun iOS 15+ talab qilinadi. Mavjud tillar roʻyxati telefoningiz operatsion tizimiga bogʻliq.

Mavzulashtirilgan QR kodlar

Ommaviy foydalanuvchi nomiga ega istalgan foydalanuvchi uchun QR kodlarni yaratishingiz mumkin. Guruhlar, kanallar va botlar uchun ham QR kodlarni yaratish mumkin. Masalan, kimgadir sevimli blog yoki fan klubingizni tezda koʻrsatishingiz mumkin.

QR kodni tezda yaratish uchun foydalanuvchi profili yoki chatdagi ommaviy havola yonidagi yangi QR kod belgisini bosing va mos keluvchi ranglar va naqshlarni tanlang. Shundan keyin QR kodni chop etish, post qilish yoki boshqa ilovalarga ulashish mumkin.

Oʻz foydalanuvchi nomingiz uchun QR kodni Sozlamalar orqali olish mumkin.

macOS uchun yangilangan menyular

masOS uchun Telegramda oʻng tugmani bosish orqali chiqariladigan barcha menyular yangilandi – menyuning har bir bandi uchun yaxshilangan navigatsiya va animatsiyali belgilar qoʻshildi.

Yangi interaktiv emojilar

Dizaynerlarimiz 🔥 😁 🤩 😢 😭 😱 ❄️ emojilarining yangi interaktiv versiyalarini kiritdi. Yakkama-yakka chatlarda ularning istalganini yuboring, keyin siz va suhbatdoshingiz uchun uning effektini ishga tushirish uchun emoji ustiga bosing.

Aql bovar qilmas yil uchun barchaga rahmat. 2022-yil yanada yorqinroq boʻladi. 🎉


2021-yil, 30-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024